AsosiySport

Usmon Dembele "Barselona"dan qancha maosh so`ragani ma`lum bo`ldi

'Usmon Dembele "Barselona"dan qancha maosh so`ragani ma`lum bo`ldi'ning rasmi

"Barselona" klubi hujumkor yarim himoyachi Usmon Dembele bilan yangi shartnoma imzolay olmayapti. Bu haqda Marca xabar berdi. 

Fransiyalik 24 yoshli futbolchining klub bilan shartnomasi mavsum yakunida nihoyasiga etadi. Erkin agent maqomida boshqa jamoaga o`tishi mumkin.

Ma`lum bo`lishicha, Dembele "Barselona"da qolish uchun yiliga 43 million evro maosh so`ragan. Shuningdek, qo`shimcha bonuslar bilan bu ko`rsatkich 50 million evroni tashkil qilgan. 

Bu esa klub rahbariyatini qoniqtirmagan. Ayni vaqtda futbolchiga Fransiyaning "PSJ" klubi tomonidan qiziqish bo`lmoqda. 

Boshqa yangiliklar