2022-yil 7-yanvardan aviakompaniya yo`lovchilarida Uzbekistan Airways Sales markaziy aviakassasida elektron navbatga turish imkoniyati paydo bo`ldi.
Mazkur xizmat tufayli o`tkazuvchanlik qobiliyati ortdi, yo`lovchilarga xizmat ko`rsatish vaqti 25-30 foizga kamaydi. Tez orada kassalar o`rtasida ajratuvchi to`siqlar o`rnatiladi. Bu o`z navbatida, sog`liqni saqlash vazirligi tomonidan karantin choralarini kuchaytirgan bir vaqtda kasallik xavfini oshishini oldini olishga xizmat qiladi.