AsosiyDunyo
4815

Koronavirus bilan bog`liq murakkab vaziyat qachon yakun topishi taxmin qilindi

'Koronavirus bilan bog`liq murakkab vaziyat qachon yakun topishi taxmin qilindi'ning rasmi

Jahon Sog`liqni saqlash tashkilotining koronavirus bo`yicha maxsus vakili Devid Nabarro 2022 yilda COVID-19 bilan bog`liq murakkab vaziyat yakun topishini taxmin qildi. 

"Biz marafonni bosib o`tmoqdamiz. Biz o`sha marafonning oxiridamiz deya olaman. Unga to`liq etib borgunimizcha bir nechta to`lqinlarni boshdan kechiramiz", - dedi Nabarro. 

Shuningdek, maxsus vakil koronavirusning keyingi to`lqinlari ham avvalgilari kabi jiddiy bo`lishini qo`shimcha qildi. 

"Nazarimda, virusning avj olish jarayoni davom etadi va unga to`liq tayyor bo`lishimiz kerak", - deya Nabarro so`zlaridan keltirmoqda Sky News

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar