AsosiySport

Mourino "Yuventus" bilan o`yindan so`ng Shomurodovni tanqid qildi

'Mourino "Yuventus" bilan o`yindan so`ng Shomurodovni tanqid qildi'ning rasmi

"Roma" bosh murabbiyi Joze Mourino "Yuventus" (3:4) uchrashuvidan so`ng matbuot anjumanida hamyurtimiz Eldor Shomurodovni tanqid qildi. 

"Biz 70 daqiqa davomida o`yinni to`liq nazorat qildik. Jamoa juda yaxshi tarzda o`ynadi. Bahsni nazorat qilish uchun xarakter ko`rsatdi. 

Biroq 70-daqiqadan so`ng psixologik nosozlik yuz berdi. Ayniqsa, "Yuventus"ning ikkinchi goli bizni taslim qildi. Feliks Afenya-Gyan ajoyib o`yin o`tkazdi. Biroq u  jarohat olib maydonni tark etdi. Uni almashtirdim, lekin o`rniga tushgan futbolchi (Eldor Shomurodov) hammasini noto`g`ri bajardi. 

Qiyin vaziyatlarda xarakter ko`rsatish muhimdir, ammo bizning kiyinish xonamizda juda yumshoq va zaif odamlar bor", - deya Mourino so`zlaridan keltirmoqda DAZN.

Boshqa yangiliklar