Xonanda Shohruhxon OAVga bergan intervyularida joriy yilda bo`ydoqlik bilan xayrlashishini tez-tez takrorlab kelayotgan edi. Vanihoyat uning to`yi sanasi ma`lum bo`ldi.
Shohruhxonning to`yi 5 iyun sanasida Toshkent shahridagi restoranlardan birida bo`lib o`tadi. Mazkur xabarni bizga to`yga taklif etilgan taniqli guruh vakillaridan biri etkazdi.
Hozircha kelinning kimligi sir tutilmoqda.

Eslatib o`tamiz, avvalroq Shohruhxon va Asal Shodieva Instagram`ga joylagan suratlaridan ularning “Love story” uchun fotosessiya o`tkazgani taxmin qilingani haqida xabar bergan edik.





