"Konyaspor" klubi hamda Turkiya milliy jamoasi sobiq futbolchisi Ahmad Chalik YTHga uchrab, vafot etdi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar bergan.
Xabarda aytilishcha, futbolchi boshqaruvidagi avtomashina katta tezlikda yo`ldan chiqib ketib, ag`darilgan. Natijada, 27 yoshli futbolchi olgan jarohatlari sabab vafot etgan.
Ahmad Chalik Turkiya terma jamoasi safida ham 8ta uchrashuvda maydonga tushgan.