Jahon Sog`liqni saqlash tashkiloti mutaxassislari xabariga ko`raa, koronavirusning "omikron" shtammi keksalar, emlanmaganlar va kasalligi borlar hayotiga xavf tug`dirmoqda. Bu haqda CNBC xabar berdi.
"Omikron"dan o`lim holati yoshga qarab ortishi mumkin. Shuningdek, yondosh kasali bo`lganlarning shifoxonaga yotishi va o`lim xavfi ortishi borasida ma`lumotlar bor", - dedi JSStning favqulodda vaziyatlar bo`yicha tashkilot direktori Mayk Rayan.
Shuningdek, JSSTning Evropa bo`limi rahbari Xans Klyuge aytishicha, tez orada Evropa aholisining 50 foizida "omikron" bilan bog`liq holat kuzatilishi taxmin qilindi.