AsosiyDunyo
13952

Hindistonda deputat ayolni intervyu berayotganda “er yutdi” (Video)

Hindistonning Jamnagar shahrida hududiy parlament deputati bo`lgan ayolni ko`chada intervyu berayotganida, oyog`ining tagidagi beton plita o`pirilib, kanalizasiyaga tushib ketdi, deb xabar beradi “Vesti.ru” nashri.   

Punamben Maadam (Poonamben Maadam) ismli deputat ayol uzunligi uch metr bo`lgan chuqurga tushib ketdi, uning ustiga beton bo`laklari ham tushgan. Ayolni yaqin o`rtada joylashgan kasalxonaga, keyinchalik esa Mumbayga jo`natishgan. Hozirda uning hayoti xavf ostida emas.

Mahalliy OAVlarning bergan ma`lumotiga ko`ra, Punamben Maadamning oyog`i jarohatlangan. Er o`pirilishi oqibatida yana ikki ayol tan jarohati olgan, ular ham kasalxonaga yotqizilgan.

Boshqa yangiliklar