Ayni paytda Turkiyaning Istanbul shahrida yashab, ta`lim olayotgan aktrisa Gulchehra Eshonqulova o`zining yangi suratlarini Instagram`dagi sahifasiga joyladi. Suratlardan aktrisa tez kunlarda ona bo`lishini sezish mumkin.
Aktrisa va uning turmush o`rtog`i Sharof Sharapovning farzand kutishayotgani haqidagi xabarlar bundan oldin ham tarqalgan edi. Biroq, Gulchehra homiladorligi aks etgan suratini endigina ijtimoiy tarmoqqa joylashtirdi.

Fursatdan foydalanib, tahririyatimiz nomidan aktrisa va uning turmush o`rtog`ini ota-ona bo`lishdek baxt bilan tabriklaymiz!





