AsosiyJamiyat

O`zbek-tojik chegarasida "omikron" tufayli nazorat kuchaytirildi

'O`zbek-tojik chegarasida "omikron" tufayli nazorat kuchaytirildi'ning rasmi

O`zbekistonda koronavirusning “omikron” shtammi aniqlangani sabab o`zbek-tojik chegarasidagi nazorat kuchaytirilmoqda. Bu haqda Tojikistonning Sug`d viloyati sanitariya-epidemiologiya xizmati rahbari o`rinbosari Majnun Oripov ma`lum qildi

Oripov ta`kidlashicha, endilikda O`zbekiston hududiga kirayotgan har bir kishi PZR testini topshirishi shart.

"Hozirgi kunda Konibodamdagi "Patar", Mastchi tumanidagi Fotehobod, Panjikentdagi Sarazm, shuningdek, "Xo`jand" xalqaro aeroportida tibbiyot xodimlari kechayu kunduz navbatchilik qilmoqda", - dedi Oripov. 

Nazorat-o`tkazish punktlarida PZR tekshiruvi bepul. Shunday bo`lsa-da, O`zbekiston Tojikiston fuqarolaridan barcha nazorat punktlarida ushbu turdagi tibbiy ko`rikdan o`tganligi uchun 110-120 ming so`m (120-130 somoni) olayotgani aytib o`tilgan. 

Bundan tashqari, O`zbekistonga kiruvchi barcha fuqarolar kasallik tarqalishining oldini olish uchun 2 hafta davomida uy karantinida bo`lishlari kerak.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar