AsosiyJamiyat

Shavkat Mirziyoev mehnat ta`tilidan nega erta qaytgani ma`lum bo`ldi

'Shavkat Mirziyoev mehnat ta`tilidan nega erta qaytgani ma`lum bo`ldi'ning rasmi

O`zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoev 5 yanvar kuni qisqa muddatli mehnat ta`tiliga chiqqan edi. Oradan ikki kun o`tib prezident yana ishga qaytdi.

«O'zbekiston 24» telekanalida efirga ketgan «Menimcha» teleko`rsatuvida prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov davlat etakchisi nega ta`tilni erta yakunlab, ikki kunda ishga qaytganiga izoh berdi. Asadovning aytishicha, prezident Qozog`istonda sodir bo`lgan voqealar sabab ta`tilni erta yakunlagan.

«Qozog`istondagi voqealar boshlanishi bilan prezidentimiz uchta davlat rahbari bilan telefonda gaplashib, mintaqadagi vaziyatni muhokama qildilar. Xalqimiz tinchligi va xavfsizligi prezident uchun birinchi o`rinda turadi va u kishi doim xalqimiz bilan birga. Davlat rahbari ta`tildan erta qaytishlarining sababi Qozog`istondagi tinchlik tarafdori ekanlaridir», dedi Sherzod Asadov ko`rsatuvda.

Boshqa yangiliklar