1

Farg`onada o`ziga tegishli bo`lmagan “Jentra” ni sotgan shaxsga jinoyat ishi qo`zg`atildi

Jinoyat 16.01.2022, 09:52
Farg`onada o`ziga tegishli bo`lmagan “Jentra” ni sotgan shaxsga jinoyat ishi qo`zg`atildi

2021 yilning 21 noyabr kuni Yu.J IIBga murojaat qilib, unda 2021 yilning 12 oktyabr kuni noma`lum shaxs ishonchiga kirib, o`ziga tegishli bo`lmagan “Jentra” rusumli avtomashinani 7.000 AQSh dollariga sotishligi va hujjatlarini nomiga rasmiylashtirib berishni aytib, pullarini olib, bergan va`dasini bajarmasdan o`z ehtiyojlariga sarflab yuborganligini bildirgan. Bu haqda Farg`ona viloyati IIB Axborot xizmati xabar berdi.

Mazkur holat yuzasidan Toshloq tumani IIB huzuridagi tergov bo`linmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 2-qismi «a» bandi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan.

Olib borilgan tezkor qidiruv harakatlari davomida ushbu jinoyatni S.J sodir etganligi aniqlanib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Firibgarlik qonunga asosan jinoiy javobgarlikka sabab bo`lishini esdan chiqarmang.

Yuqorida ko`rsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1