AsosiyDunyo

Avstriyada koronavirusga qarshi emlanish majburiy bo`lmoqda

'Avstriyada koronavirusga qarshi emlanish majburiy bo`lmoqda'ning rasmi

Avstriya Evropada o`n sakkiz va undan katta yoshdagi fuqarolar uchun majburiy koronavirusga qarshi emlashni joriy qilgan birinchi davlatga aylanadi. Bu haqda mamlakat kansleri Karl Nexammer ma`lum qildi, deb yozmoqda Euronews. Qayd etilishicha, bu uchun parlamentda ovoz berish 20 yanvarga belgilangan.

 "Joriy yilning fevral oyi boshida emlash to`g`risidagi qonun kuchga kirishi kerak. Odamlar koronavirus infeksiyasiga qarshi emlash va barcha kerakli ma`lumotlarni olish imkoniyatiga ega bo`ladi. Mart oyining o`rtalaridan boshlab qonun ijrosini nazorat qilishni boshlaymiz. Bundan buyon polisiya ham fuqarolarning emlash guvohnomasi yoki tibbiy emlashdan ozod etilganligi haqidagi hujjatni tekshira oladi”-deydi Avstriya kansleri.

Ma`lumot uchun, homilador ayollar va sog`lig`i sababli emlash taqiqlangan fuqarolar vaksinasiyadan ozod qilinadi.

 Qonun loyihasida emlashdan bosh tortganlik yoki emlash sertifikati yo`qligi uchun 600 evro miqdorida jarima ko`zda tutilgan. Jarimaning maksimal miqdori 3,6 ming evroni tashkil qilishi mumkin.

    Boshqa yangiliklar