Bugun, 17 yanvar O`zbekiston hududiga iliq va nam havo massalarining kirib kelishi davom etadi.
"O`zgidromet"ning ma`lum qilishicha, respublika bo`yicha yomg`ir yog`adi, shimolda yog`ingarchilik (yomg`ir, qor) bo`ladi, ba`zi joylarda kuchli bo`lishi mumkin. Tuman tushishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 5-10° iliq, shimolda 0-5° iliq bo`ladi.
Poytaxtda vaqti-vaqti bilan yomg`ir yog`adi. Shamol 5-10 m/s tezlikda esadi. Havo harorati 7-9° iliq bo`ladi.
Shuningdek, tog`li hududlarda vaqti-vaqti bilan yog`ingarchilik (yomg`ir, qor), ba`zi joylarda kuchli bo`ladi. Ba`zi joylarga tuman tushadi. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Havo harorati 2-7° iliq bo`ladi.






