Koronavirusga chalingan homilador ayollar qanday holatlarda uyda muolaja olishlari mumkin?

Salomatlik 17.01.2022, 19:58
Koronavirusga chalingan homilador ayollar qanday holatlarda uyda muolaja olishlari mumkin?

Homilador ayollar o`rtasida koronavirus xastaligiga chalinish holatlari ko`p kuzatilyapti. Xo`sh, ular bu vaziyatda qanday yo`l tutishlari lozim? COVID-19dan uy sharoitida xalos bo`lish mumkinmi?

Respublika perinatal markazi direktori, tibbiyot fanlari doktori Nilufar O`rinbaeva shu haqdagi tavsiyalari bilan o`rtoqlashdi.

Hozirgi kunda kasallikning yangi shtammi engil kechayotgani sababli unga chalingan homilador ayollar aksariyat hollarda uy sharoitida davolansa bo`ladi. Bu vaziyatda xastalik ham ona, ham tug`ilajak bola salomatligiga xavf tug`dirmaydi.

 Ularda yangi shtamm asosan simptomsiz va engil shaklda kechmoqda. Bu holatda tana harorati 38,5 °S darajadan past, nafas etishmovchiligi yo`q, saturasiya  94 foizdan yuqori bo`lishi kuzatilyapti.

Ushbu vaziyatda oilaviy shifokor tomonidan bemorga uy sharoitida ambulator davo muolajalari tayinlanadi. Agar homiladorning tana harorati ko`tarilsa, 3 kun davomida kuniga 4 marta parasetamol tabletkasi berish mumkin.

Shuningdek:

✅ 10  kun davomida sutkasiga 1 marta vitamin D -  5000ME;

✅ 10  kun davomida sutkasiga 1 marta 100 mgdan sink (rux) preparati;

✅ 15 kun davomida sutkasiga 2 marta 2 500dan  vitamin S qabul qilinadi, xolos.

 Davolanish paytida ko`proq suyuqlik ichish, qo`llarni tez-tez sovunli suv bilan yuvish hamda burun va tomoqni chayish, xonalarni shamollatib turish tavsiya etiladi. Uy sharoitida o`zboshimchalik bilan antibiotik va gormonlarni qabul qilish mutlaqo mumkin emas.

Agar  koronavirusga chalingan homilador ayolning tana harorati kasallik davrida  38,5 °S darajadan tushmasa, nafas olishi tinch holatda ham tezlashsa va saturasiya 93 foizdan past bo`lsa, darhol shifokorga murojaat qilinadi va bemor stasionar davolashga yo`naltiriladi.

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1