Gollivud aktyori va Kaliforniya shtatining sobiq gubernatori Arnold Shvarsenegger o`g`lining bitiruv kechasiga sobiq rafiqasi Mariya Shrayver bilan birga tashrif buyurdi, deb xabar berdi “Gazeta.ru” nashri.
Uning o`g`li Patrik Shvarsenegger Janubiy Kaliforniya Universitetini tugatdi. 22 yoshli bitiruvchini qo`llab-quvvatlash uchun ota-onasi ajrashib ketganiga qaramay, birga kelishgan. Tadbir tugagandan keyin ular oilaviy suratga tushishgan.
“Men ota-onamsiz hech kimman, ularni chin yuragimdan yaxshi ko`raman va behad minnatdorman”, – deb Patrik suratga instragram sahifasida izoh qoldirgan.
68 yoshli Shvarsenegger haqiqiy erkakka aylangan o`g`lidan faxrlanishini aytib o`tgan.
Arnold Shvarsenegger va Mariya Shrayverning to`rt farzandi bor. Ular 2011 yilda Shvarseneggerning noqonuniy farzandi borligi ma`lum bo`lgach, ajrashib ketishgan. Ammo ajrashuv jarayoni haligacha nihoyasiga etmagan.