1

17 yoshli amerikalik o`smir bitiruv kechasiga mushugi bilan keldi

Dunyo 17.05.2016, 16:53
17 yoshli amerikalik o`smir bitiruv kechasiga mushugi bilan keldi

17 yoshli amerikalik Sem Steyngard bitiruv oqshomiga Rubi laqabli mushugi bilan bordi, deb xabar beradi “Gazeta.ru”.

Bitiruvchi va uning hamrohining surati ijtimoiy tarmoqlardan birida chop etilganidan so`ng, bu surat qisqa muddat ichida juda ko`p marotaba ko`rildi.

Odatda bitiruv kechasiga hamma o`smir o`zi yoqtirgan qiz bilan tashrif buyuradi. Biroq Sem yoqtirgan qizi bo`lmagani uchun shunday yo`l tutgan. U mushugini bayramona tarzda yasantirgan. Biroq Sem mushuk bilan raqsga tushmagan. U jonivor o`ziga zarar etkazishidan cho`chigan. Esdalik uchun suratlarda esa u mushugini ko`tarib turgan holda tasvirlangan.

Nashrning yozishicha, Steyngard bitiruv kechasiga mushugi bilan kelib, jamoatchilikning tadbirlarga har bir inson o`z jufti bilan kelishi kerakligi haqidagi “bosim”ini “yo`qqa chiqargan”.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1