1

AQSh so`nggi 40 yil mobaynida ilk marotaba Saudiya Arabistonidan qarzi miqdorini e`lon qildi

Dunyo 17.05.2016, 17:18
AQSh so`nggi 40 yil mobaynida ilk marotaba Saudiya Arabistonidan qarzi miqdorini e`lon qildi

AQSh moliya vazirligi so`nggi 40 yil mobaynida ilk marotaba Saudiya Arabistoniga to`lashi lozim bo`lgan qarz miqdorini e`lon qildi, deb xabar berdi “Ria.ru” nashri. 

Mart oyidagi ma`lumotlarga ko`ra, Vashingtonning Er-Riyod oldidagi qarz miqdori 116,8 milliard dollarni tashkil etgan. Analitiklarning hisob-kitobiga ko`ra, yanvar oyidagi rekord darajadagi qarzga taqqoslaganda bu qarz olti foizga kamaygan. 

Saudiya Arabistoni AQShning asosiy kreditorlari o`ntaligiga kiritilgan. Bu ro`yxatda Xitoy (1,3 trillion dollar) va Yaponiya (1,1 trillion dollar) etakchilikni o`z qo`llariga olishgan. 

AQShda Amerika davlat obligasiyalariga ega bo`lgan chet elliklar to`g`risida 1974 yildan beri ma`lum qilib kelinadi. Bu erda Saudiya Arabistoniga to`lanishi kerak bo`lgan qarz miqdori aniq ko`rsatilmagan bo`lsa-da, boshqa mamlakatlar OPEK ma`lumotlari bilan birga qo`shib keltirilgan. 2016 yil fevral oyida bu guruhga obligasiyadagi 281 milliard dollar tegishli bo`lgan.

Er-Riyodga to`lanishi kerak bo`lgan qarz miqdori 1973 yilda arab mamlakatlari AQShga neft etkazib berishni taqiqlagandan keyin e`lon qilinmaslik to`g`risida qaror qabul qilingan edi. Shundan keyin Vashington Saudiya Arabistoni bilan strategik munosabatlarni saqlab qolish uchun yon bosishga majbur bo`lgan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1