Xonanda Lola ijtimoiy tarmoqlarda ancha faol. U o`zining kundalik hayoti bilan muxlislarini deyarli har kuni tanishtirib boradi.
Bugun u Instagram`dagi sahifasi orqali muxlislariga murojaat qilib, yana bir ijtimoiy tarmoqda ro`yxatdan o`tganini ma`lum qildi.

“Do`stlar, vanihoyat men “VKontakte” tarmog`ida ro`yxatdan o`tdim. Mening mazkur ijtimoiy tarmoqdagi yagona rasmiy sahifamga a`zo bo`ling va yangiliklarni kuzatib boring!,— deb yozdi Lola.





