«Uzbekistan Airways» AJ xabar berishicha, faqat 2022-yil 18-yanvar kuni noqulay ob-havo sharoit (kuchli qor, ko`rishning etarli darajada emasligi) munosabati bilan HY - 280 Istanbul – Urganch yo`nalishidagi reysi majburiy Toshkent aeroportiga yuborildi. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati xabar bermoqda.
Ushbu reysdagi barcha 98 nafar yo`lovchi mehmonxonaga joylashtiriladi. Ushbu yo`lovchilar 19-yanvar kuni HY – 051 reysi bilan Urganchga parvoz qiladi.
Shuningdek, Urganchda bo`lib turgan ob-havo tufayli HY-054 Urganch – Toshkent reysi bekor qilindi. Ushbu reys yo`lovchilari 19-yanvar kuni HY-052 reysi bilan Toshkentga parvoz qiladilar