Fermerning er uchastkasiga egalik qilish hamda undan foydalanish borasidagi huquq va majburiyatlarini belgilab beradigan asosiy hujjat – er uchastkasining uzoq muddatli ijara shartnomasi hisoblanadi. Bu haqda Adliya vazirligini matbuot kotibi xabar bermoqda.
Adliya vazirligi tomonidan o`tkazilgan “Fermerga madad” huquqiy aksiyasi natijalari qariyb 10% fermer xo`jaliklari bilan er uchastkasining uzoq muddatli ijara shartnomalari tuzilmaganligini ko`rsatdi.
Shu maqsadda, Adliya vazirligi tashabbusi bilan fermer xo`jaliklari hamda tuman hokimlari o`rtasida er uchastkasining uzoq muddatli ijara shartnomalari to`liq tuzilishini ta`minlash maqsadida tuman hokimliklari hamda kadastr organlari bilan birgalikda tegishli tadbirlar amalga oshirilishi belgilanmoqda.
"Agarda siz tuman hokimi bilan er uchastkasining uzoq muddatli ijara shartnomasini tuzmagan bo`lsangiz, mazkur masalada hududiy adliya organlariga murojaat qilishingizni so`raymiz", - deyiladi xabarda.