1

“Evrovidenie” tugadi, bahslar davom etmoqda

Dunyo 18.05.2016, 12:30
“Evrovidenie” tugadi, bahslar davom etmoqda

“Evrovidenie-2016” tanlovi tashkilotchilari ijtimoiy tarmoq orqali imzo yig`ib, ariza yozgan fuqarolarga tanlov natijalari qayta ko`rilmasligi haqida rasmiy javob berdi, deb xabar berdi “Vesti” nashri.

Mazkur arizaga 300 mingdan ortiq odam imzo chekkan. O`ndan ortiq mamlakatlarning teletomoshabinlari hakamlar hay`atining qaroridan norozi bo`lib, buni siyosatga asoslangan baho deb hisoblashgan. 

Jamalaning g`alabasi sharafiga Kiev shahrida o`tkazilgan matbuot anjumani dabdurustdan Sergey Lazerevning qo`shig`i bilan boshlandi. Zalga kirib kelgan Jamola nima qilishni bilmay, esankirab qoldi va o`zini tutib olib, raqsga tushayotganday harakatlarni amalga oshirdi. Ukrainaning “Evrovidenie” bo`yicha delegasiya vakillari mikrofonni o`chirishga harchand urinishsa-da, uddasidan chiqisholmadi. Jamala buni ko`rib, “Qiziq, matbuot anjumanimizni Sergey Lazerevning qo`shig`idan boshladik”, dedi. 

Ayni paytda Sergey Lazerevning qo`shig`ini kim qo`yganligini aniqlash yuzasidan surushtiruv ishlari olib borilmoqda. Ammo bu qo`shiqni Ukraina ahli “zo`r qo`shiq” deb tan olgani hech kimga sir emas. Jamola qo`shig`i 72 yil ilgari Qrimdan deportasiya qilingan vatandoshlari haqida ekanligini, aynan Qrimda “Evrovideniya” tanlovi o`tkazilishini orzu qilishini aytib o`tdi. Mamlakat prezidenti Poroshenko esa bu qo`shiqning ilk nomi “Qrim bizniki” deb atalganini ommaga oshkor etdi. U Jamalani Qrim masalasiga katta hissa qo`shganligi, endi bu masala dunyo miqyosida muhokama qilinishi uchun zamin bo`lishi bilan qutladi va Jamalaga Ukraina xalq artisti unvonini berdi.

“Evrovidenie” mo``jizalar tanloviga aylandi, – deb sharhlaydi bloger va jurnalist Anatoliy Shariy. – Haqiqiy mo``jiza! Tanlov oxirida sahnaga chiqqan ikki mamlakat xonandasini qani kim g`alaba qozonadi deb butun dunyo ahli kuzatib o`tiribdi, ammo kutilmaganda, Ukraina vakilasi g`olib deb e`lon qilindi. Agar bu tanlov siyosatga asoslanadigan bo`lsa, uning nomini “Evrovideniya” emas, “Siyosatvideniya” deb atang!

Tanlov natijalaridan norozi bo`lganlar soni 300.000 kishidan oshib ketgan, ular tanlov g`olibi Sergey Lazerev bo`lishi kerakligini aytishgan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1