AsosiySport

Suares Angliya Premer-Ligasiga qaytishi mumkin

'Suares Angliya Premer-Ligasiga qaytishi mumkin'ning rasmi

Madridning “Atletiko” futbolchisi Luis Suares faoliyatini yana APLda davom ettirishi mumkin. Bu haqda taniqli insayder Jerar Romero xabar bermoqda

Qayd etilishicha, “Aston Villa” Suaresni o`z safiga qo`shib olishni rejalashtirmoqda. Birmingemliklar bosh murabbiyi Stiven Jerrard Suaresni o`z jamoasida ko`rishni istamoqda.

Urugvaylik 34 yoshli hujumchi “Atletiko” bilan shartnomasini uzaytirmoqchi emas. Unga APLdan tashqari, MLS va Qatar klublaridan ham taklif bo`lmoqda. 

Ma`lumot uchun, Luis Suares joriy mavsumda La Ligada 19ta uchrashuvda maydonga tushib, 7ta gol urdi. 

Boshqa yangiliklar