1

Fransuz oshpazi Kann kinofestivaliga kelgan amerikaliklarning talablaridan shikoyat qildi

Dunyo 18.05.2016, 14:04
Fransuz oshpazi Kann kinofestivaliga kelgan amerikaliklarning talablaridan shikoyat qildi

Kler Guni ismli fransuz millatiga mansub oshpaz ayol Kann kinofestivaliga kelgan amerikalik aktyor va aktrisalarning ovqat borasidagi didlaridan shikoyat qildi, deb xabar beradi “Lenta.ru”.

Oshpaz ayol Kruazet xiyobonidagi La Meissouniere restoranida ishlaydi. 

Gunining aytishicha, amerikalik mijozlari undan “g`alati” taom tayyorlab berishni talab qilishadi. Ular har doim: “Men buni emayman, men uni emayman” deyishadi. 

“Bizning Fransiyada hech ikm bunday tarzda parhez qilmaydi. Masalan, bir ayol mendan tarkibida umuman yog` bo`lmagan, shu bilan birga undagi sabzavotlar termik qayta ishlanmagan taom tayyorlab berishimni so`radi”,—deydi Guni.

Kler shuningdek, amerikaliklar qahva bilan bog`liq hamma ichimliklarga ham juda injiq ekanliklarini aytib o`tdi. Amerikaliklar undan soya sutida tayyorlangan ikki hissali qahva olib kelishini so`ragan. “Men ularga Starbucks`manmi?” deydi ayol.

Ma`lumot uchun, Kann kinofestivali 11 may kuni boshlandi. U 11 kun davom etadi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1