AsosiySport

O`zbekistonlik gandbolchilar Erondagi xalqaro turnirda sovrindor bo`lishdi

'O`zbekistonlik gandbolchilar Erondagi xalqaro turnirda sovrindor bo`lishdi'ning rasmi

Joriy yil 13-20-yanvar kunlari Eron Islom Respublikasining Xuzestan shahrida gandbol bo`yicha 2002-2004-yillarda tug`ilgan yoshlar o`rtasida xalqaro turnir bo`lib o`tdi. Bu haqda O`zbekiston Respublikasi Turizm va sport vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda

Turnirda shu yosh toifasida dunyoning eng kuchli jamoalari ishtirok etdi.

Mazkur nufuzli musobaqada qatnashgan mamlakatimiz terma jamoasi a`zolari o`z irodasini namoyish qilib, shohsupaning 3-pog`onasiga ko`tarilishdi. Bu bilan o`zbekistonlik gandbolchilar 2022-yildagi ilk xalqaro turnirni katta yutuq bilan boshlab, muxlislarga quvonchli lahzalarni tuhfa qilishdi.

Vakillarimiz musobaqa davomida Iroq (28:15), Gruziya (43:29), Turkiya (33:26), Eron yoshlar terma jamoasi (38:21) ustidan g`alaba qozongan bo`lsa, musobaqa mezbonlarining 2004-yilda tug`ilgan yoshlar terma jamoasiga 23:22 hamda 2002-yilda tug`ilgan yoshlariga 34:22 hisobida imkoniyatni boy berishdi.

Safar davomida mamlakatimiz sport delegasiyasiga Ismoiljon Matxoliqov rahbarlik qilgan bo`lsa, bosh murabbiy vazifasi Botir Karadjaevga ishonib topshirildi.

Terma jamoamiz a`zolari Erondan yurtimizga 21-yanvar kuni qaytib kelishadi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar