AsosiyDunyo

Isroilda pandemiya davridagi eng yuqori ko`rsatkich qayd etildi

'Isroilda pandemiya davridagi eng yuqori ko`rsatkich qayd etildi'ning rasmi

Isroilda pandemiya boshlanganidan buyon eng yuqori ko`rsatkich qayd etildi. Oxirgi sutkada mamlakatda 71 mingdan ortiq kishida koronavirus infeksiyasi aniqlandi. Bu haqda The Times of Israel xabar bermoqda

Qayd etilishicha, bu ko`rsatkich pandemiya davrida rekord darajaga aylandi. Ya`ni, bir kunda 71,5 ming kishi kasallikni yuqtirib olgan. Sog`liqni saqlash mutaxassislarining fikricha, Isroilda koronavirus bilan bog`liq holatlar yanada ortishi taxmin qilinmoqda. 

Ma`lumot uchun, pandemiya boshlanganidan buyon Isroilda 1,7 milliondan ortiq kishi kasallikni yuqtirib olgan, 8,3 ming kishi vafot etgan.

Boshqa yangiliklar