Rimning "Roma" jamoasi bosh murabbiyi Joze Mourino kamida mavsum yakuniga qadar iste`foga chiqarilmaydi. Bu haqda taniqli insayder Fabrisio Romano xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, Mourino jamoaning holatidan va rahbariyatning transferlarga pul ajratmayotganidan norozi.
Bundan tashqari, "Everton" klubi ham portugaliyalik mutaxassisni taklif qilmoqchi. Biroq Romanoning ta`kidlashicha, "Roma" Jozeni iste`foga chiqarishni o`ylamayapti.