19 yanvar kuni soat 01:20 larda, sohaviy xizmatlar xodimlari hamkorligidagi reyd o`tkazildi.
Unda YPX xodimi B.Shog`dorov tomonidan, Chiroqchi tumani hududida joylashgan "Umakay" YPX maskanidan o`tayotgan "Cobalt" rusumli avtomobil to`xtatilib tekshirilganda, haydovchi, 1990 yilda tug`ilgan K.T. o`zining ko`rinishi va xatti-harakatlari bilan xodimlarda shubha uyg`otgan. Xolis va guvohlar ishtirokidagi tekshiruvlar mobaynida transport vositasining kapoti ostidan, 3 dona sellofanga solingan, jigar rangli, o`tkir hidli, umumiy vazni 1 kilogramdan ortiq bo`lgan giyohvandlik moddalari topilgan.
Mazkur holat yuzasidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, avtomobilda bo`lgan fuqarolar va aniqlangan moddalar Qashqadaryo viloyati IIBga topshirilgan.