1

.chempionati saralashidan ozbek gandbolchilari muvafaqqiyatli otdi

Sport 21.01.2022, 00:34
Teglar: Gandbol
.chempionati saralashidan ozbek gandbolchilari muvafaqqiyatli otdi

Saudiya Arabistonida gandbol bo`yicha erkaklar o`rtasida Osiyo chempionati bo`lib o`tmoqda. Unda ishtirok etayotgan terma jamoamiz dastlabki saralash bosqichini muvaffaqiyatli yakunladi. Bu haqda Olimpiya qo`mitasi matbuot xizmati xabar bermoqda

Birinchi turda Gonkongni 28:24 hisobida mag`lub etishni uddaladilar, biroq ikkinchi turda bahraynlik raqiblariga 19:35 hisobida imkoniyatni boy berishdi. Hal qiluvchi uchinchi turda esa Vetnam jamoasi 30:23 hisobida taslim etildi.

Shu tariqa jamoamiz kuchli sakkizlikka kirib, navbatdagi bosqichda o`z ishtirokini davom ettiradi. Unda yana 2 kvartet shakllanadi. O`z guruhlarida birinchi va ikkinchi o`rinni qo`lga kiritganlar yarim final bosqichiga yo`l oladi. Qayd etish joiz, uchinchi o`rin egalari o`rtasidagi bahs ham katta ahamiyatga ega. Unda g`alaba qozongan jamoa qit`amizning beshinchi termasi sifatida kelasi yil bo`lib o`tadigan jahon chempionati yo`llanmasiga ega bo`ladi.

Sharhlar

O`zbekistonlik gandbolchilar Erondagi xalqaro turnirda sovrindor bo`lishdi

19.01.2022, 21:00

Joriy yil 13-20-yanvar kunlari Eron Islom Respublikasining Xuzestan shahrida gandbol bo`yicha 2002-2004-yillarda tug`ilgan yoshlar o`rtasida xalqaro turnir bo`lib o`tdi. Bu haqda O`zbekiston Respublikasi Turizm va...
Yosh gandbolchilarimiz xalqaro turnir sohibiga aylandi

20.12.2021, 22:05

Joriy yil 9-20-dekabr kunlari Italiyaning Keti shahrida 2004-2005-yillarda tug`ilgan o`smirlar o`rtasida gandbol bo`yicha “ABRUZZO CUP-2021” xalqaro turniri o`tkazildi. Italiya gandbol federasiyasi tomonidan uyushtirilgan ushbu nufuzli...
Gandbolchi qizlarimiz jahon chempionati guruh bosqichidagi ishtirokini yakunlashdi

08.12.2021, 22:32

Ispaniyada davom etayotgan ayollar o`rtasida gandbol bo`yicha jahon chempionatida terma jamoamiz dastlabki guruh bosqichidagi ishtirokini yakunladi. Uchinchi turda vakillarimiz Puerto-Rikoga qarshi bahs olib borishdi.  Shiddatli...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1