Buyuk Britaniyadagi Tuaykross hayvonot bog`ida ajoyib hodisa ro`y berdi, deb xabar beradi “Gazeta.ru”.
Hayvonot bog`idagi orangutanlardan biri yig`ilganlarga o`ziga xos tomosha ko`rsatdi. Ustiga oq choyshab yopinib olgan maymuncha xuddi arvohlarga o`xshab qoldi.

“Kanatda u yoqdan bu yoqqa yurayotgan orangutan tez-tez yopinchig`ini to`g`irlab turgan. Bu esa yig`ilganlarga zavq bag`ishlagan”, deyiladi xabarda.
Orangutan ishtirokidagi videorolik internetda xit bo`ldi.





