Ijtimoiy tarmoqlarda Surxondaryoda ayol kundoshini jamoat joyida o`z opasi va qizi bilan birga "samosud" qilgani aks etgan video tarqaldi.
Ushbu "samosud"da qatnashgan ayollarga sud hukmi o`qildi.
Voqea Sho`rchi tumanida kunduz kuni sodir etilgan. Ayol voyaga etmagan qizi va opasini o`ziga shirik qilib, ko`chada ketayotgan kundoshiga xujum qilgan. Uni sochlarini kesib, tan jarohati etkazishadi. Ayol va uning opasiga tuman sudi tomonida hukm o`qildi. Unga ko`ra, ayollarning har biri 3 yilu, 6 oy ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.
Kundoshidan jabrlangan ayol esa, ularga belgilangan jazoni engillashtirishni so`ragan. Ammo sud o`z hukmini o`zgartirmagan.






