AsosiyDunyo
4227

Avstriyada aholini majburiy emlash yo`lga qo`yildi

'Avstriyada aholini majburiy emlash yo`lga qo`yildi'ning rasmi

Avstriya Milliy kengashi ko`pchilik ovoz bilan mamlakatning barcha aholisini koronavirusga qarshi majburiy emlash to`g`risidagi qonunni qabul qildi. Bu haqda euronews xabar tarqatmoqda. 

Qayd etilishicha, qonun 2024 yilning 31 yanvariga qadar amal qiladi. Avstriya koronavirusga qarshi emlashni majburiy qilgan dastlabki davlatga aylandi. 

Mart oyidan boshlab emlashdan bosh tortganlar jarimaga solinadi. Jarimaning minimal miqdori 600 evroni tashkil qiladi. 

Bundan tashqari, rasmiylar emlanganlar uchun sovrinli o`yinlarni ham tashkil qilmoqchi. G`oliblar 500 evrolik kuponni sotib olishi mumkin. 

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar