AsosiyShou-biznes

Sharof Sharapov: “Mening oilamni Yigitali va Rayhonniki bilan solishtirmang”

Sartarosh, aktyor Sharof Sharapov aktrisa Gulchehra Eshonqulova bilan o`tgan yili oila qurgani haqida xabar bergan edik. Yaqinda aktrisa farzand kutayotgani ma`lum bo`ldi

Sharof va Gulchehraning o`rtasidagi yosh tafovuti sabab, ularni ko`pchilik xonanda Rayhon va aktyor Yigitali Mamajonov oilasi bilan solishtira boshlashdi. Ushbu gaplarga Sharof Sharopov o`zining “Instagram”dagi sahifasi orqali javob yo`lladi, deb yozadi “Uz24.uz”.  

“Qadrli o`zbeklar, yaxshi va yomon odamlar. Barchaga tushunganilar uchun oldindan rahmat. Rayhon va Yigitali bu - umuman boshqa mavzu, azizlarim. Ikki turli odamlar hayotini solishtirmang va qoralamang. Agar ular birga bo`lolmagan bo`lishsa, bu biz ham ularning xatosini takrorlaymiz, degani emas. Ulardan ham ahvoli tang bo`lgan millionta juftlar bor, biroq ular engilmaganlar va birgalikda barcha to`siqlardan o`tib, baxtlidirlar!!! Tuganmas muhabbat va hurmat bilan @sharofsharapov va @guli_sharapova”,—deb yozib qoldirdi Sharof Sharapov.

    Boshqa yangiliklar