Ta`lim jarayoni “onlayn” shaklda amalga oshiriladigan davrda umumta`lim muassasalari va “Barkamol avlod” maktablari pedagog va boshqa xodimlariga, shu jumladan mehnatiga soatbay haq to`lash asosida faoliyat yuritayotgan o`qituvchilarga ish haqi to`lovlari saqlangan holda to`lab beriladi. Bu haqda Xalq ta`limi vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda.
Mazkur to`lovlarni to`lanishini nazorat qilish uchun hududiy xalq ta`limi bo`linmalariga vazirlikning ko`rsatmasi berildi.