AsosiyJamiyat

10 kunda SSVning "Call-markaz"iga qo`ng`iroqlar soni ikki barobar oshgan

'10 kunda SSVning "Call-markaz"iga qo`ng`iroqlar soni ikki barobar oshgan'ning rasmi

O`zbekistonda koronavirus tarqalishining oldini olish maqsadida Sog`liqni saqlash vazirligi tomonidan 2020 yil 16 martdan boshlab 1003 qisqa raqamli "Call-markaz" tashkil etilgan edi.

SSV Matbuot xizmatining xabar berishicha, hozir bu erda Toshkent davlat stomatologiya instituti bilan hamkorlikda 3 smenada ish olib borilmoqda.  

 2022 yilning 1-20 yanvar kunlari "Call-markaz"ga jami 14 ming 112 ta murojaat kelib tushdi.  

Yangi yilning dastlabki 5 kunida o`rtacha murojaatlar soni 300-400 tani tashkil etgan bo`lsa, navbatdagi besh kunda ketma-ket o`sish kuzatilib, 478 tadan 761 tagacha etgan. Shunday qilib 1-10 yanvar sanalarida "Call-markaz" dispetcherlari 4512 ta murojaatni qabul qilgan.

 Yanvar oyining ikkinchi o`n kunligidan boshlab esa bu ko`rsatkichlar sezilarli darajada oshib, murojaatlar soni kuniga o`rtacha 900-1000 taga etgan. Natijada oyning ikkinchi o`n kunligida jami 9600 ta murojaat kelib tushgan. Bu, 1-10 yanvar kunlariga qiyoslaganda, 2 barobardan ziyod ko`rsatkichdir.  

Tahlillar shuni ko`rsatadiki, "Call-markaz"ga qo`ng`iroq qiluvchilarning katta qismi korononavirusning yangi shtammi belgilari, uni davolash yo`llariga oid savollar bilan murojaat etmoqda.  

 

    Boshqa yangiliklar