Bugungi kunda o`zbek estradasida faol ijod qilayotgan duetlardan biri Farhod va Shirin o`zlarining bir-biriga munosabatlari haqida gapirdi.
“Hordiq” gazetasi muxbiri duetning so`nggi suratlari atrofida paydo bo`lgan mish-mishlar, xususan ularning “Love story” uchun fotosessiya o`tkazgani haqidagi savoliga Shirin quyidagicha javob berdi:
“ Biz faqat do`stmiz. Fotografning g`oyalari bilan shunday fotosessiya qildik”.
“Bir-biringizni rashk qilasizmi?” degan savolga esa ularning javobi quyidagicha bo`ldi:
Shirin:
—Yo`q, lekin u meni qizg`anadi.
Farhod:
—Shirin do`stim bo`lishiga qaramasdan, uni rashk qilaman. U bilan turmush qurishni esa o`ylab ko`rganimcha yo`q.