AQShda chop etiladigan gazetalardan birida antiqa maqola paydo bo`ldi, deb xabar beradi “Lenta.ru” .
Nashrning ma`lum qilishicha, Virjiniya shtatida yashovchi ayolning o`limi AQSh prezidentligiga Respublikachilardan nomzod Donald Tramp va Demokratlardan noizod Xillari Klintondan hech biriga ovoz berish istagi yo`qligi bilan izohlangan.
“Donald Tramp yoki Xillari Klintondan birini tanlash muammosi bilan to`qnash kelgan Richmond shahrida yashovchi ayol Olloh bilan birlashishni afzal ko`rdi”,—deyiladi xabarda.
Gazetaga bu ma`lumotni marhumaning o`g`li bergan. U bu qilmishi bilan o`zining siyosiy qarashlarini va marhuma onasining yumor hissini bildirmoqchi bo`lgan. Aslida esa, 68 yoshli ayol o`pka saratonidan vafot etgan.
Marhuma uzoq yillar hamshira bo`lib ishlagan. U turmush o`rtog`i bilan 46 yil birga umr guzaronlik qilgan.