O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan artist Sevara Nazarxonning qiz farzandli bo`lgani va qizchaga Iman Anvar deb ism qo`ygani haqida xabar bergan edik.
Bugun xonanda ilk bor qizining suratlarini o`zining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida e`lon qildi. Suratlardan birida Sevara yo`rgaklangan qizini ko`tarib, yana birida esa bolalar aravachasiga yotqizilgan holda sayr qilayotganini ko`rish mumkin.
Sevaraning qizi bilan tushgan surati Instagram`da qisqa muddat ichida salkam 5000 ta “layk” yig`di.

Ma`lumotlarga ko`ra, Sevara ayni damda oilasi bilan AQShning Manxetten shahrida.





