AsosiyJamiyat

"Uzbekistan Airways" kechiktirilgan parvozlar bo`yicha ma`lumot berdi

'"Uzbekistan Airways" kechiktirilgan parvozlar bo`yicha ma`lumot berdi'ning rasmi

Kompaniyaning xabar berishicha, O`zbekiston Respublikasi hududi bo`ylab elektroenergiya ommaviy tarzda o`chgani sababli, faqat 2022-yil 25-yanvar kungi Nursulton (HY-721/722), Andijon (HY-091/092), Buxoro (HY-023/024), Urganch (HY-055/056) yo`nalishidagi parvozlar vaqti majburiy kechiktirilgan.  

Shu sabab bilan, HY-058 Toshkent – Urganch yo`nalishidagi va HY-762 Olmaota – Toshkent yo`nalishidagi parvozlar Navoiy xalqaro aeroportiga qo`nishni amalga oshirgan.  

Aviakompaniya reyslari yaqin vaqt ichida Navoiy xalqaro aeroportidan Toshkent xalqaro aeroportiga parvozni amalga oshiradi.  

 

    Boshqa yangiliklar