90-yillardan buyon ijod qilib, muxlislar qalbidan chuqur joy egallgan xit qo`shiqlar yaratgan taniqli san`atkorlar O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan artist Rashid Xoliqov, Tohir Sodiqov, Izzat Ibragimov, Ravshan Sobirov va “Bayram” guruhi yakkaxoni Akmal Mamedovlar bir konsertda chiqish qiladi, deb yozadi “Popcorn.uz”.
“Afsonaviy 90” nomli konsert dasturi 27-28 may kunlari “Turkiston” san`at saroyining yozgi maydonida bo`lib o`tadi.





