“Transparency International” xalqaro tashkilotining 2021 yil uchun “Korrupsiyani qabul qilish indeksi”da O`zbekiston yana 6 pog`ona yuqoriladi.
Bu haqda Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi xabar berdi
Qayd etilishicha, “Transparency International” xalqaro tashkiloti 2021 yil uchun “Korrupsiyani qabul qilish indeksi”ning yangilangan reytingini e`lon qilgan. Unga ko`ra, O`zbekiston 2020 yilga nisbatan 6 pog`onaga ko`tarilib, 180 mamlakat orasida 140-o`rinni egallagan.
O`zbekiston mazkur indeksda so`nggi besh yil davomida barqaror o`sish (2017 yilda 22 balldan 2021 yilda 28 ballgacha) qayd etib, mintaqadagi tez sur`atlarda yaxshilanib borayotgan davlatlar qatorida e`tirof etilgan.






