Energetika vazirligining ma`lum qilishicha, umumtizimda kuzatilgan yirik nosozliklar bosqichma-bosqich bartaraf etilib, respublikaning yagona elektr tarmog`iga quvvat uzatish boshlandi.
Qo`shimcha qilinishicha, yuzaga kelgan nosozliklar sababli O`zbekistondagi mavjud gaz qazib olish konlari va uni qayta ishlash zavodlarida texnologik jarayonlarning buzilish holatlari kuzatilgan. Bu esa, o`z navbatida gaz ishlab chiqarish hajmining kamayishiga olib kelgan.
Shu sababli issiqlik elektr stansiyalarida gaz bosimining kamayishi kuzatilgan va bu elektr energiyasini ishlab chiqarish hajmiga salbiy ta`sir ko`rsatgan.
"Hozirgi vaqtda mavjud ishlab chiqarish quvvatlaridan kelib chiqib respublikamizning ayrim hududlarida navbatma-navbat elektr energiyasi etkazib berilmoqda.
Energotizimda kuzatilgan nosozliklar sababli yuzaga kelgan muammolarni bartaraf etish uchun barcha choralar ko`rilmoqda",-deyiladi xabarda.






