Ayni paytda Farg`ona vodiysi, Surxondaryo va Toshkent viloyatlarining bir qator tumanlari hamda Toshkent shahrida tabiiy gazni etkazib berishda bosimning pasayishi yoki uning yo`qligi kuzatilmoqda.
"Hududgazta`minot" AJ'ning ma`lum qilishicha, 2022 yil 25 yanvar kuni elektr ta`minotida uzoq davom etgan uzilishlar sababli "O`zbekneftgaz" AJga qarashli "Gazli", "Sho`rtan" va "Muborak" neft-gaz qazib olish boshqarmasiga qarashli 64 ta konning ishi vaqtincha to`xtatilgan.
Bu, o`z navbatida, "O`ztransgaz" AJ magistral gaz quvurlari va "Hududgazta`minot" AJ mahalliy tarmoqlarida bosimning pasayishiga ta`sir ko`rsatgan.
Shu munosabat bilan "Hududgazta`minot"AJ bosimni tiklash va iste`molchilarga tabiiy gaz etkazib berish bo`yicha barcha zarur choralar ko`rilayotganligini ma`lum qildi.
"Hozirgi vaqtda gaz etishmasligi yoki uni etkazib berish paytida bosim pasaygan manzillarda gaz ishlatadigan barcha jihozlarni o`chirib qo`yish va binolarda gaz hidi yo`qligini tekshirish kerak.
Zarurat tug`ilganda 1104 call- markaziga yoki 104 dispetcherlik xizmatiga qo`ng`iroq qilish mumkin.",-deyiladi xabarda.
Eslatib o`tamiz, avvalroq elektrda muammo borligi uchun gaz ishlab chiqarish kamaygani, gaz ishlab chiqarishda muammo sabab elektr ishlab chiqarish kamaygani haqida xabar bergan edik.






