“Atletiko Madri” klubi rahbariyati yarim himoyachi Saul Nigez bilan yangi shartnoma imzoladi. Bu haqda Sports.ru nashri ma`lum qilmoqda.
"Matraschilar" 21 yoshli yarim himoyachi bilan shartnomasini 2020/21 yilgi mavsumning oxiriga qadar uzaytirdi.
Joriy mavsumda Saul La Liganing 31 o`yinida maydonga tushib, to`rtta gol kiritdi va ikkita golli uzatmaga mualliflik qildi.





