Hindistonning Agra shahrida joylashgan, Boburiylar tomonidan barpo etilgan Tojmahal me`moriy yodgorligi mayda chivin va hasharotlar qoldirgan ajratmadan yashil tusga kirdi, deb xabar berdi “Vesti.ru” nashri.
Arxeologlar bu hashoratlarni yodgorlik yonidan oqib o`tuvchi Jamnaning iflos suvlarida yashovchi Goeldichironomus zararkunandalarining bir turi ekanligini aniqlashdi.
Mutaxassislarning ma`lumot berishicha, hasharotlar binoga jiddiy zarar etkazmaydi, chunki uning oppoq marmarlari har kuni yuviladi, ular yil davomida ikkinchi marotaba yodgorlikka hujum uyushtirishyapti. Arxeologlar yodgorlik oldidan oqib o`tuvchi Jamna daryosini sanoat chiqindilaridan, odamni yoqqandan keyin tashlanadigan kullardan tozalash zarur deb hisoblashmoqda.
Agrada gidlar hukumat zararkunanda va hasharotlarga qarshi biror chora-tadbir o`ylab topishiga umid qilishmoqda, bo`lmasa, ular sayyohlarga nima uchun yodgorlikning oppoq marmarlari yashil tusga kirganini tushuntirishdan charchashganligini bildirishdi.





