Kann kinofestivali o`zining navbatdagi g`oliblarini aniqladi.
«Oltin palma yaprog`i» britaniyalik klassik rejissyor Ken Louchning «Men, Daniel Bleyk» filmiga nasib qildi. Louch bundan roppa-rosa 10 yil oldin ham mazkur mukofotga munosib deb topilgandi.
Ikkinchi asosiy mukofotni 27 yoshli rejissyor Ksave Dolan qo`lga kiritdi.
Rejissura uchun mukofotlar fransiyalik Olive Assayyas va ruminiyalik Kristian Mundjiga nasib qildi.





