Bugun O`zbekistonning birinchi Prezidenti Islom Karimov tavallud topgan kun. Shu munosabat bilan Islom Karimovning bolalikdagi sinfdosh do`sti uni xotirladi.
Bu haqda Zamon.uz' lavhasida so`z boradi.
"Islom Abdug`anievich hamma uchun Prezident, ammo menga yaqin do`st edi. Biz Islom bilan 5 sinfdan boshlab bir sinfda o`qidik. Maktab bitirgach, Toshkentda o`qiganimizda ham birga edik",- deydi marhum Islom Karimovning do`sti.
Shuningdek, u Karimovning o`z ustida ko`p ishlaganini ta`kidlaydi.
"U bizning sinfga kelganida rus tilida gapirishga qiynalardi. 2 yil davomida juda ko`p o`qidi va a`lochilar safiga qo`shildi. Boshqalar xato qilsa ham, u xato qilmas edi",-deydi O`zbekiston birinchi Prezidentning do`sti.






