“Barselona” klubi hamda Urugvay terma jamoasi hujumchisi Luis Suares “Sevilya”ga qarshi (2:0) Ispaniya Kubogi finalida jarohat olgani haqida ma`lum qilgandik.
So`nggi ma`lumotlarga ko`ra, tibbiy ko`rikdan o`tgan Suaresning safga qaytishi uchun uch hafta kerak ekanligi ma`lum bo`ldi. U Amerika Kubogi musobaqasining dastlabki 10 kunini o`tkazib yuboradi.
Urugvaylik futbolchi mazkur musobaqada terma jamoasining guruh bosqichidagi uchinchi turigacha sog`ayib ketishi kutilmoqda. Guruh bosqichining 3-turida Urugvay Yamaykaga qarshi kuch sinashadi. Ushbu o`yin 13 iyun sanasida o`tkaziladi.
DAVRON KABULOV HAMKASBLARIDAN BIRIGA BOJA BO`LDI(FOTO)https://t.co/PUwP1WXxJH pic.twitter.com/P6VyiuUMRS
— DARAKCHI.UZ (@darakchi_news) 24 maya 2016 g.





