23 may kuni xonanda Shohruhxonning yakkaxon konsert dasturi boshlandi. “Yulduzlar” deya nomlangan konsert dasturi tashrif buyurganlar uchun syurprizlarga boy bo`ldi.

Eng kutilmagani xonanda Shohruhxon va aktrisa Asal Shodieva ijrosidagi duet tarona bo`ldi. Juftlik “Bunchalar zo`rsan” deya bir-biriga qarata sahnada sevgi izhor qildi.

Xonandaning konsert dasturiga ko`plab mashhurlar, xususan, xonanda Lola, Shahzoda, “Bojalar” guruhi tashrif buyurdi.

Eslatib o`tamiz, Shohruhxon 5 iyun kuni bo`ydoqlar safini tark etadi. Hozircha aniq oshkor etilmagan bo`lsada, u aktrisa Asal Shodieva bilan turmush quradi. Avvalroq ularning to`y oldi “Love story” fotosessiyasi haqida xabar bergandik.

LUIS SUARES JAROHATI TUFAYLI UCh HAFTAGA SAFDAN ChIQDIhttps://t.co/1TKcMA0JZU pic.twitter.com/xHuCd9DLex
— DARAKCHI.UZ (@darakchi_news) 24 maya 2016 g.





