Aktrisa Shahzoda Matchonova ayolning hayotdagi o`rni haqidagi fikrlarini Instagramdagi sahifasiga yozib qoldirdi.
“Ayol o`ziga nisbatan hurmat uyg`otishi lozim. Buni qimmatbaho liboslar, turmush o`rtog`ining obro`-e`tibori, brilliantlar bilan emas, o`zining aqli, qiziqishlari, eridan alohida o`z hayoti borligi bilan ham ko`rsatishi kerak.

Ayol faqat o`z erkagiga bog`lanib qolishi to`g`ri emas. Uning o`z hayoti va o`z hududi bo`lishi lozim. Mayli u dizayner, bloger, o`qituvchi bo`lsin, nima bilan band bo`lishining ahamiyati yo`q, har qanday holatda zamonaviy ayol o`z faoliyati bilan hurmat qozonishi shart.”
SUKERBERG UYINI TO`SAYoTGAN TO`RTTA QO`ShNISINING UYINI BUZADIhttps://t.co/kFFhzPbBsc pic.twitter.com/n7UbeCOWcL
— DARAKCHI.UZ (@darakchi_news) 24 maya 2016 g.





